Buxoroda 3D harflar va yoritilgan logotiplar
3D (hajmli) harflar — brendni fasadda premium ko‘rsatishning eng ishonchli usuli. Kunduzi materialning o‘zi, kechasi ichidagi LED yoritish ishlaydi.
- Narx
- Bepul ko‘rikdan keyino‘lcham va materialga qarab
- Muddat
- 3–7 kun
- Kafolat
- 1 yil LED yoritishga
- Usta Ashurbek
- +998 91 844 60 09
Akril, PVX, alyuminiy kompozit va zanglamas po‘latdan harf va logotip yasaymiz. Yoritish — old tomondan (frontlit), orqadan devorga tushadigan halo (backlit) yoki ikkalasi birga.
3D harflar va logotiplar: narx nimaga bog‘liq
Har bir ish alohida hisoblanadi. Bepul ko‘rikdan keyin narx va muddat Telegramda yozib beriladi va ish davomida o‘zgarmaydi. Taxminiy narx uchun qo‘ng‘iroq qiling: +998 91 844 60 09.
- Harf balandligi va soni.
- Material: PVX arzon, akril o‘rta, zanglamas po‘lat eng qimmat.
- Yoritish turi: yoritilmagan, frontlit, backlit yoki ikkalasi.
- Montaj balandligi: 2-qavatdan yuqorida avtovishka kerak bo‘ladi.
Qanday materiallar ishlatamiz
Akril (orgsteklo)
3–5 mm, sutli yoki rangli. LED nurini yumshoq tarqatadi. 7–10 yil.
PVX
5–10 mm, yengil va arzon. Yoritilmagan harflar va ichki belgilar uchun.
Alyuminiy kompozit
Harf yon devori va tag qismi. Zanglamaydi, rang tanlanadi.
Zanglamas po‘lat
Yaltiroq yoki mat. Bank, mehmonxona va premium brendlar uchun.
LED modullar
12V SMD modullar, IP67, 50 000 soat. Rang: oq, iliq oq, RGB.
Qanday ishlaymiz
- 1
Logotip va o‘lcham
Vektor faylni yuborasiz yoki biz chizamiz; fasadda o‘lchov olamiz.
- 2
Material va yoritish
Byudjetga mos variantni maslahat beramiz, narxni tasdiqlaymiz.
- 3
Kesish
Harflar lazer / CNC stanokda aniq kesiladi.
- 4
Yig‘ish
Yon devorlar, LED modullar va blok yig‘iladi, sinovdan o‘tadi.
- 5
O‘rnatish
Fasadga yoki podlojkaga mahkamlanadi, elektrga ulanadi.
Kimga mos keladi
- Do‘kon va butiklar
- Restoran va kafe
- Bank va ofislar
- Mehmonxonalar
- Klinika va apteka
Qaysi tumanlarda o‘rnatamiz
Buxoro viloyati: Buxoro shahri, Buxoro tumani, Kogon, G'ijduvon, Vobkent, Romitan, Shofirkon, Qorako'l, Olot, Jondor, Peshku, Qorovulbozor. Buxoro shahrida ko‘rik va o‘lchov bepul; tumanlarga yo‘l xarajati oldindan aytiladi.
3D harflar va logotiplar bo‘yicha savollar
3D harflar Buxoroda qancha turadi?
Narx harf balandligi, soni, materiali (PVX, akril, zanglamas po‘lat) va yoritish turiga bog‘liq. Logotip yoki yozuvni Telegramga yuboring — 1 soat ichida hisoblab beramiz: +998 91 844 60 09.
Harflar necha kunda tayyor bo‘ladi?
8–10 harfli oddiy nom 3–5 kun. Murakkab logotip, zanglamas po‘lat yoki 1 m dan katta harflar 7 kungacha. Montaj odatda yarim kun.
Qaysi material yaxshi — akril yoki PVX?
Tashqarida yoritilgan harf uchun akril: nurni tekis tarqatadi, sarg‘aymaydi. PVX yoritilmagan va ichki harflar uchun arzon va yengil variant.
Kechasi qanday ko‘rinadi?
Frontlit — harfning old yuzi yonadi. Backlit (halo) — nur devorga tushadi, harf silueti ko‘rinadi. Ikkalasini birga ham qilamiz. Namunani telefonda ko‘rsatamiz.
Yoritish qancha elektr sarflaydi?
Juda kam: 30 sm 8 ta harf jami 40–60 Vt — bitta lampochka kabi. Timer yoki fotorele qo‘yamiz, kechqurun o‘zi yonadi.